Arbeloa «Real»ning soʻnggi toʻqqiz murabbiyi ichida debyut oʻyinida magʻlub boʻlgan ikkinchi mutaxassisga aylandi
Madridning «Real» klubining yangi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoa boshqaruvidagi ilk o‘yinidayoq mag‘lubiyatga uchradi. «Qirollik klubi» Ispaniya Kubogida mamlakatning ikkinchi kuchli ligasi vakili «Albasete»ga sensatsion tarzda 2:3 hisobida yutqazdi.
Avvalroq «Real»ning so‘nggi to‘qqiz nafar bosh murabbiyidan faqat bittasi barcha musobaqalardagi debyut uchrashuvida mag‘lub bo‘lgan edi (besh g‘alaba, uch durang). Bu holat Xulen Lopetegi bilan bog‘liq bo‘lib, u 2018 yilgi Yevropa Superkubogida «Atletiko»ga qarshi bahsda 2:4 hisobida yutqazgan. Bu haqda OptaJose X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Shu tariqa, Madridning «Real» klubi Ispaniya Kubogidagi ishtirokini yakunladi. «Albasete»ga qarshi o‘yin «qaymoqranglilar» uchun yangi bosh murabbiy Alvaro Arbeloa qo‘l ostidagi ilk uchrashuv bo‘ldi. Avvalroq u ushbu lavozimda o‘z vatandoshi Xabi Alonsoning o‘rnini egallagan edi.