Arbeloa «Real»ning qaysi futbolchilari JCh-2026'da qatnashishi mumkinligi haqida gapirdi
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Ispaniya chempionatining 33-turida «Alaves» ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:1) so‘ng, jamoaning har qanday futbolchisi JCh-2026 musobaqasiga borish imkoniyatiga ega ekanligini ta’kidladi.
«Karvaxal Ispaniya milliy jamoasidan JCh uchun chaqiruv oladimi? Mening ixtiyorimda 20 nafar futbolchi bor va o‘ylashimcha, «Real»ning istalgan o‘yinchisida Jahon chempionatiga borish imkoniyati mavjud. Men esa doim jamoa uchun nima yaxshi bo‘lsa, shunga intilaman», — deya Arbeloaning so‘zlarini keltirmoqda AS nashri.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Real» o‘z ochkolari sonini 73 taga yetkazib oldi va peshqadam «Barselona» bilan oradagi farqni 6 ochkogacha qisqartirdi, biroq kataloniyaliklarda bitta zaxira o‘yini mavjud.
Madridliklar navbatdagi uchrashuvni safarda «Betis»ga qarshi o‘tkazishadi. Mazkur bahs juma kuni, 24 aprelda bo‘lib o‘tishi belgilangan.