locale OZ

Arbeloa «Real»dan ketishini e’lon qildi

Alvaro yanvar oyining o‘rtalarida Xabi Alonsoning o‘rnini egallagan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arbeloa «Real»dan ketishini e’lon qildi
ФОТО: Getty images

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa La Liganing 38-turi doirasidagi “Atletik”ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z lavozimini tark etishini ma’lum qildi.

Arbeloa yanvar oyining o‘rtalarida Xabi Alonsoning o‘rnini egallagan edi.

“Ha, men ketayapman. Meni kimdir majbur qilgani uchun emas, balki o‘zim ishonadigan ishlarni qildim. Kelganimda jamoa qanday holatda ekanini va nimaga duch kelishimni bilardim. Agar hammasini boshidan boshlasam, balki boshqa bo‘lardi. Lekin menga shunday taqdir nasib etdi va qo‘limdan kelgan eng yaxshi ishni qilishga harakat qildim. O‘zim xohlagandek emas, balki imkon boricha eng yaxshi yo‘l bilan. Biz ko‘p narsani yaxshi uddaladik va erishgan natijalarimizdan mamnunman.

Umid qilaman, yana ko‘rishamiz. Men har doim “Madrid”ni o‘z uyim deb bilganman. Bu yerda 20 yil davomida bo‘ldim — ha, bu mening uyim”, — dedi Arbeloa.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting