locale OZ

Arbeloa «Real» yetakchilarining «diktatura»sidan aziyat chekmoqda

Ispaniyalik mutaxassis 13 yanvar kuni Madrid klubi bosh murabbiyiga aylangandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arbeloa «Real» yetakchilarining «diktatura»sidan aziyat chekmoqda
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi futbolchilari jamoa bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarni shubha ostiga olmoqda. Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, klubdagi hozirgi vaziyat avvalroq Xabi Alonso davrida va Karlo Anchelottining so‘nggi mavsumida kuzatilgan holatlarni yodga solmoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, Arbeloa «Qirollik klubi» kiyim almashtirish xonasida hukm surayotgan o‘ziga xos «diktatura»dan aziyat chekmoqda. Ispaniyalik mutaxassis «qaymoqranglilar» yetakchilari qo‘llaydigan usullarni o‘z tajribasidan yaxshi bilsa-da, hozirda o‘zining taktik qarorlariga nisbatan ishonchsizlik his qilmoqda.

Qayd etilishicha, futbolchilar murabbiyning ayrim yondashuvlaridan norozi, biroq buni ommaga oshkor qilmaslikka harakat qilishmoqda. Shu bilan birga, Arbeloaning o‘zi ham jamoani boshqarishda ma’lum qiyinchiliklarga duch kelayotganini anglab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Alvaro Arbeloa joriy yilning 13 yanvar kuni Madrid klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting