locale OZ

Arbeloa «Real» sardorlari bilan inqirozli yigʻilish oʻtkazdi

Madrid klubi La Liganing soʻnggi ikki oʻyinida magʻlubiyatga uchradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arbeloa «Real» sardorlari bilan inqirozli yigʻilish oʻtkazdi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa La Ligadagi ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatdan so‘ng inqirozli yig‘ilish o‘tkazdi. COPE nashri xabariga ko‘ra, murabbiy avval jamoa sardorlari, so‘ngra barcha futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan uchrashgan.

Manbaning ta’kidlashicha, ispaniyalik mutaxassis jamoadan «mavsumning yakuniy bosqichida qo‘shimcha kuch sarflashni» so‘ragan. Qayd etilishicha, «qirollik klubi» futbolchilari vaziyat qanchalik qaltis ekanini tushunib turgan bo‘lsalar-da, mavsumni muvaffaqiyatli yakunlashdan umid uzishmagan.

Eslatib oʻtamiz, dushanba, 2 mart kuni Arbeloa shogirdlari La liganing 26-turida «Xetafe»ga (0:1) imkoniyatni boy berishdi. Bungacha, 21 fevral kuni «Real» o‘z maydonida «Osasuna»dan (1:2) mag‘lubiyatga uchragan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting