locale OZ

Arbeloa: «Real» qiyin sinovlarni yengib oʻtish orqali tarixga kirgan»

Ispaniyalik mutaxassis «Bavariya»ga qarshi javob oʻyini oldidan oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arbeloa: «Real» qiyin sinovlarni yengib oʻtish orqali tarixga kirgan»
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa UEFA Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida Myunxenning «Bavariya» jamoasiga qarshi bo‘ladigan javob uchrashuvi oldidan jamoaning kayfiyati haqida to‘xtalib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, hal qiluvchi bahs 15 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

«Bizda eksperimentlar qilish uchun vaqt yo‘q va Myunxendagi o‘yinni intizorlik bilan kutayotganimiz aniq. Birinchi o‘yinning yakuniy hushtagi chalinganidan buyon biz «Arena Myunxen»ga borib, nimalarga qodir ekanimizni ko‘rsatishga shaymiz. «Real» chorshanba kungi kabi qiyin sinovlarni yengib o‘tish orqali tarixga kirgan. Biroq, dastlab ertangi bahsga («Jirona»ga qarshi La Liga o‘yini) e’tibor qaratishimiz lozim.

Men buni futbolchilarga tez-tez takrorlab turaman. Chorshanba kungi o‘yin ertadan boshlanadi va biz ajoyib o‘yin ko‘rsatib, bor kuchimizni sarflashimiz kerak. Tiklanish uchun yetarli vaqtimiz bor. Oldinda to‘rt kun bor va hamma ertaga o‘z muxlislari qarshisida borini berishga e’tibor qaratishi shart. Yagona maqsad — ajoyib o‘yin namoyish etish», — deya Arbeloaning so‘zlarini keltirmoqda «Real» rasmiy sayti.

Ma’lumot o‘rnida, jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda myunxenliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting