locale OZ

Arbeloa: «Men dunyoning eng kuchli darvozabonlari bilan birga oʻynaganman, lekin Kurtuadan kuchlisini koʻrmadim»

«Real» bosh murabbiyi belgiyalik posbon haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arbeloa: «Men dunyoning eng kuchli darvozabonlari bilan birga oʻynaganman, lekin Kurtuadan kuchlisini koʻrmadim»
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Tibo Kurtuani klub tarixidagi eng yaxshi darvozabon deb hisoblashini ma’lum qildi.

«Men dunyoning bir qator eng kuchli darvozabonlari bilan birga to‘p surganman, ularning ayrimlari tarixda eng yaxshisi sifatida e’tirof etiladi. Biroq Kurtuadan kuchlisini ko‘rmadim. Shubhasiz, u «Real» tarixidagi eng yaxshi darvozabon. Shaxsan men uchun bu borada ikkinchi fikr bo‘lishi mumkin emas», — dedi Arbeloa.

Joriy mavsumda Kurtua barcha turnirlar doirasida 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, ularning 15 tasida o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qolgan. Futbolchining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalining baholashiga ko‘ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 18 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting