locale OZ

Arbeloa: «Matematik nuqtai nazardan hali hech narsa tugagani yoʻq, poyga davom etmoqda»

«Real» bosh murabbiyi «Alaves»ga qarshi oʻyin va chempionlik poygasi haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arbeloa: «Matematik nuqtai nazardan hali hech narsa tugagani yoʻq, poyga davom etmoqda»
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Ispaniya La Ligasining 33-turidan o‘rin olgan «Alaves»ga qarshi bahsdagi (2:1) g‘alaba borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz birinchi bo‘limda to‘liq ustunlik qildik. Ko‘proq gol urib, barcha masalalarni hal qilishimiz va raqibga o‘yinga qaytish uchun imkon bermasligimiz kerak edi.

«Bavariya» bilan bahsdan so‘ng o‘zaro gaplashib oldik va qolgan yetti uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonishga qaror qildik. Maqsadimiz shu. Bittasiga erishdik, yana oltitasi qoldi. Ispaniya chempionati poygasi davom etyaptimi? Matematik nuqtayi nazardan hali hech narsa tugagani yo‘q, demak, poyga davom etmoqda», — deya murabbiyning so‘zlarini keltirmoqda Madrid klubi matbuot xizmati.

Ispaniya chempionatining 32 ta o‘yinidan so‘ng Madridning «Real» klubi 73 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting