Arbeloa: «Jamoa yaxshi sport formada va katta ishtiyoq bilan harakat qilmoqda»
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 7-turi doirasidan oʻrin olgan «Monako»ga qarshi uchrashuv haqida fikr bildirdi.
Bellashuv bugun, 20 yanvar kuni Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tadi.
«Jamoa yaxshi sport formasida va katta ishtiyoq bilan harakat qilmoqda. Shanba kungi g‘alabadan keyin, bu musobaqaning naqadar muhimligini yaxshi tushungan holda, ertangi g‘alaba bizni maqsadimizga yanada yaqinlashtiradi. Biz uning ahamiyatini to‘liq anglab turibmiz», — deya Arbeloaning so‘zlarini keltiradi AS nashri.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi uchrashuvda «Real» Arbeloa boshchiligida ilk bor g‘alabaga erishib, «Levante»ni 2:0 hisobida mag‘lub etgandi.
Ayni paytda «qaymoqranglilar» umumiy bosqich jadvalida 12 ochko bilan yettinchi o‘rinni egallab turibdi. «Monako» esa to‘qqiz ochko bilan 19-pog‘onada joylashgan.