Arbeloa: «Ikkinchi gol biz uchun jiddiy zarba boʻldi, biroq jamoa yaxshi reaksiya koʻrsatdi»
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa UEFA Chempionlar Ligasining chorak finali doirasida Myunxenning «Bavariya» jamoasidan qabul qilingan mag‘lubiyatdan (1:2) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Arbeloaning ta’kidlashicha, jamoa hali ham kurashni davom ettirmoqda va vaziyatni o‘zgartirish uchun bor-yo‘g‘i bitta gol yetishmayapti. Murabbiy jamoasining har qanday maydonda g‘alaba qozonishga qodir ekaniga ishonch bildirdi. O‘yin tahliliga to‘xtalar ekan, u himoyada juda pastga tushib ketishgani, ayniqsa vingerlar o‘z darvozalariga yaqinlashib qolishgani rejaning bir qismi bo‘lmaganini qayd etdi. Bu holat raqibga o‘yin nazoratini berib qo‘ygan.
«Biz to‘p yo‘qotishlardan qochishimiz kerakligi haqida ko‘p gapirgan edik, biroq ikkinchi gol biz uchun jiddiy zarba bo‘ldi. Shunga qaramay, jamoa yaxshi reksiya ko‘rsatdi va xarakter namoyish etdi. Bizda ko‘proq gol urishimiz mumkin edi, degan his bor, biroq baribir keyingi bosqich masalasi ochiq qolmoqda», — dedi Alvaro Arbeloa.
Jamoalar o‘rtasidagi hal qiluvchi javob uchrashuvi 15 aprel kuni Myunxendagi «Arena Myunxen» stadionida bo‘lib o‘tadi.