Arbeloa «Fulhem»ga «Real» hujumchisini olib kelmoqchi
Ispaniyalik mutaxassis avvalroq Garciya bilan «Real» tizimida birga ishlagan.
ФОТО: Getty images
«Fulhem»ning yangi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa yozgi transferlar oynasida Madridning «Real» klubi hujumchisi Gonsalo Garciyani jamoaga olib kelishni istamoqda. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.
Ispaniyalik mutaxassis avvalroq Garciya bilan «Real» tizimida birga ishlagan va uning salohiyatini yaxshi biladi.
Avvalroq ommaviy axborot vositalarida madridliklar hujumchini sotishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
2025/26 yilgi mavsumda Gonsalo Garciya asosiy jamoa safida 39 ta uchrashuvda ishtirok etib, 8 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etdi.
Undan oldin esa «Real Kastilya» safida 2024/25 yilgi mavsumda 73 ta o‘yinda 30 ta gol urgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist