Arbeloa: «Bunday holat uchun oʻyinchini maydondan chetlatib boʻlmaydi»
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar Ligasining chorak final javob uchrashuvida «Bavariya»dan qabul qilingan mag‘lubiyat (3:4), shuningdek, jamoa yarimhimoyachisi Eduardu Kamavinganing maydondan chetlatilishi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
— Bu ajoyib o‘yin bo‘ldi. Futbolchilarimning qilgan harakatlari va mehnatlari uchun ularga hamdardman. Shuningdek, bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan barcha «Real» muxlislaridan ham uzr so‘rayman... Jamoaning bajargan ishidan faxrlanaman. Ular bor kuchlarini ishga solishdi.
— Kamavinganing holati qanday?
— Boshqalar qatori. Bunday holat uchun o‘yinchini maydondan chetlatib bo‘lmaydi. Nazarimda, hakam uning hisobida sariq kartochka borligini bilmagan ham shekilli. Hakam o‘yinni va butun bahs mazmunini buzib qo‘ydi.
— Qizil kartochka o‘yin taqdirini hal qildimi?
— Bu ayon-ku, — dedi Arbeloa Movistar efirida.
Eslatib o‘tamiz, Eduardu Kamavinga uchrashuvning 86-daqiqasida raqibga to‘pni uzoq vaqt bermasdan ushlab turgani uchun ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etgan edi.