Arauxo qachon mashgʻulotlarga qaytishi maʼlum boʻldi
«Barselona» himoyachisi Ronald Arauxo jamoa bilan mashg‘ulotlarga dushanba, 29 dekabr kuni qo‘shiladi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
Futbolchining jamoa bilan kechki mashg‘ulotda ishtirok etishi kutilmoqda. Mashg‘ulot ochiq bo‘lib, Katalon klubi muxlislari uchun taxminan 6 ming o‘rin ajratiladi. Nashrning ta’kidlashicha, aynan shu sabab Arauxo uchun ushbu sanada ishga qaytish qo‘shimcha motiv bo‘lgan, u muxlislardan olingan qo‘llab-quvvatlash xatlari uchun minnatdorlik bildirmoqchi. Oldinroq himoychi klub bilan kelishib, rejasiz dam olish olgan va bu vaqtni psixologik tiklanishga bag‘ishlagan edi.
Ma’lum qilinishicha, Ronald o‘yinga asta-sekin qaytishni maqsad qilgan, bu uning jismoniy va ruhiy holatiga bog‘liq bo‘ladi. U Urugvayda dam olayotganda shaxsiy murabbiyi bilan ishlagan va «Barselona» ko‘rsatmalariga amal qilgan. Himoychining o‘yinga qaytish qarori murabbiylar va tibbiy shtab bilan muloqot asosida qabul qilinadi.