locale OZ

AQSHning 17 yoshli futbolchisi MLS tarixida yangi rekord o‘rnatdi

Yosh futbolchining muvaffaqiyatli o‘yinlari “Filadelfiya”ning natijalariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
AQSHning 17 yoshli futbolchisi MLS tarixida yangi rekord o‘rnatdi
Foto: Getty Images

“Filadelfiya Yunion” klubi yarim himoyachisi Kavan Sallivan AQSH futbol chempionati tarixiga kirdi. 17 yoshli futbolchi bir mavsum davomida gol va golli uzatmalar soni bo‘yicha o‘smir futbolchilar orasida yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda MLS rasmiy sayti xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Sallivan “Chikago Fayr”ga qarshi uchrashuvda golli uzatma amalga oshirib, joriy mavsumdagi samarali harakatlari sonini 21 taga yetkazgan. Shu tariqa, u Diyego Fagundesga tegishli avvalgi rekordni yangilagan.

Yosh futbolchining muvaffaqiyatli o‘yinlari “Filadelfiya”ning natijalariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jamoa ketma-ket sakkizinchi g‘alabasiga erishib, mag‘lubiyatsiz seriyasini 14 ta uchrashuvga yetkazgan. Sallivan esa individual rekordlardan ko‘ra jamoaning muvaffaqiyati muhimroq ekanini bildirgan.

Ma’lumot uchun, amerikalik yarim himoyachi joriy MLS mavsumida 7 ta gol urib, 14 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U 2026-yilda AQSH milliy terma jamoasi safida ham o‘zini ko‘rsatishga ulgurgan. Futbolchi Yevropaning yirik klublari e’tiborida turibdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting