locale OZ

AQSh'ga kiritilmagan somalilik hakam vatanida qahramonga aylandi

Avvalroq u Jahon chempionatidan chetlashtirilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
AQSh'ga kiritilmagan somalilik hakam vatanida qahramonga aylandi
FOTO: Getty Images

2026 yilgi Jahon chempionatida hakamlik qilishi kerak boʻlgan somalilik hakam Omar Abdulkadir Artan AQSh'ga kiritilmagach, o‘z vataniga qaytib keldi. Mogadishu aeroportida uni koʻplab muxlislar va rasmiylar tantanali ravishda kutib oldi.

Artan turnirda ishlagan taqdirda, Jahon chempionatlari tarixidagi ilk somalilik hakamga aylanishi mumkin edi. Afrikada 2025 yilning eng yaxshi hakami deb topilgan mutaxassis vatanida jurnalistlar bilan suhbatda boʻlib oʻtgan voqeadan afsusdagilini, biroq tushkunlikka tushmasligini hamda FIFA koʻrsatgan yordami uchun minnatdor ekanligini bildirdi.

FIFA vakili Omar Artanning turnir oldi yigʻinlarida ham, chempionat oʻyinlarida ham qatnasha olmasligini rasman tasdiqladi. Somali hukumati AQSh va FIFA bilan muzokaralar oʻtkazgan boʻlsa-da, ijobiy natijaga erisha olmaganini maʼlum qildi.

AQSh bojxona va chegara xizmatining bildirishicha, Istanbuldan Mayami aeroportiga uchib kelgan Artan tekshiruvdan oʻta olmagan va keyinchalik u «milliy xavfsizlikka tahdid solishi mumkin» degan xulosa bilan ortga qaytarilgan.

Qizigʻi shundaki, Artanga AQSh vizasi turnir boshlanishidan bir hafta avval berilgan edi. Ekspertlar buni AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati tomonidan oʻtgan yili roʻyxatiga Somali ham kiritilgan 12 ta davlat fuqarolari uchun joriy etilgan sayohat cheklovlari bilan bog‘lashmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting