locale OZ

AQSHga kiritilmagan somalilik hakam UEFA Superkubogi finaliga tayinlandi

Avvalroq u Mayamidan vataniga qaytarib yuborilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
AQSHga kiritilmagan somalilik hakam UEFA Superkubogi finaliga tayinlandi
FOTO: Getty Images

AQShga kirishiga ruxsat berilmagani sababli JCh-2026 uchrashuvlarini boshqarish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan somalilik hakam Omar Artan UEFA tomonidan katta e’tirofga sazovor bo‘ldi.

UEFA 12-avgust kuni Avstriyaning Zalsburg shahrida bo‘lib o‘tadigan Superkubok bahsini aynan Artanga ishonib topshirdi. U Chempionlar Ligasi g‘olibi PSJ hamda Yevropa Ligasi g‘olibi “Aston Villa” o‘rtasidagi uchrashuvda bosh hakam sifatida ishlaydi.

UEFA prezidenti Aleksander Cheferin Omar Artanni Afrika qit’asining eng iqtidorli va tajribali hakamlaridan biri deb atab, bu qaror unga bo‘lgan hurmat va qo‘llab-quvvatlash ramzi ekanini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Artan Jahon chempionati tarixidagi ilk somalilik hakam bo‘lishi kerak edi. Biroq AQSh chegarachilari uni Mayamiga kelganida mamlakatga kiritmagan va natijada u mundialni o‘tkazib yuborgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting