locale OZ

AQShga kiritilmagan somalilik hakam JCh-2026 uchun toʻliq gonorar oladi

Avvalroq u UEFA Superkubogi finaliga tayinlangandi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
AQShga kiritilmagan somalilik hakam JCh-2026 uchun toʻliq gonorar oladi
FOTO: Getty Images

2026-yilgi Jahon chempionatida hakamlik qilish uchun Amerika Qoʻshma Shtatlariga kirishiga ruxsat berilmagan somalilik hakam Omar Abdulkadir Artan turnirdagi ishtiroki uchun toʻliq gonorarni qoʻlga kiritadi. Bu haqda BBC nashri xabar bermoqda.

Manbaning maʼlum qilishicha, Artanning Jahon chempionatida qatnasha olmayotganiga qaramay, FIFA unga belgilangan maoshni toʻlab berish majburiyatini olgan. Hakamlar chempionatdagi hakamlik uchun aynan qancha miqdorda gonorar olishlarini aniq bilishmaydi, chunki barcha toʻlovlar turnir yakunlangandan keyin amalga oshiriladi.

2025-yilda Afrika Futbol Konfederatsiyasi (CAF) talqiniga koʻra yilning eng yaxshi futbol hakami deb topilgan Omar Artan joriy yilning 12-avgust kuni Avstriyaning Zalsburg shahrida boʻlib oʻtadigan «Pari Sen-Jermen» va «Aston Villa» jamoalari oʻrtasidagi UEFA Superkubogi bahsini boshqarish uchun taklif olgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Omar Artanning AQSHga kirishiga ruxsat berilmagan edi. Ushbu voqea Mayami xalqaro aeroportida sodir boʻlgan. Artan mamlakatga diplomatik pasport bilan yetib kelgan boʻlsa-da, nomaʼlum sabablarga koʻra uning kirishi taqiqlangan. Natijada hakam Turkiyaga qaytarib yuborilgan.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting