AQShda JCH-2026 o‘yinlari vaqtida 400 dan ortiq dron musodara qilindi
Shaharlarida dronlarni aniqlash va zararsizlantirish uchun maxsus guruhlar faoliyat yuritmoqda.
ФОТО: Getty images
Federal Bureau of Investigation (FBI) direktori Kesh Patelning ma'lum qilishicha, 2026 yilgi jahon chempionati o‘yinlari o‘tkazilayotgan hududlarda 400 dan ortiq dron musodara qilingan.
«Bugungi kungacha cheklangan havo hududi yaqinida uchirilgan 400 dan ortiq uchuvchisiz apparatni musodara qildik», — deb yozdi Patel ijtimoiy tarmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning jahon chempionati bahslariga mezbonlik qilayotgan shaharlarida dronlarni aniqlash va zararsizlantirish uchun maxsus guruhlar faoliyat yuritmoqda.
Yakshanba kuni Mayami shahrida FBI xodimlari 7 ta dronni musodara qildi. Shuningdek, FIFA fan-zonasida o‘tkazilgan tadbirlar vaqtida yana 7 ta dron to‘xtatib qolingan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist