locale OZ

AQSh rasmiy tarzda futbolni \"futbol\" deb atashi mumkin

Tramp ma'muriyati "sokker" atamasini o'zgartirish masalasini ko'rib chiqmoqda
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati mamlakatda keng tarqalgan "sokker" atamasini rasman "futbol"ga almashtirish bo'yicha farmon qabul qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Ushbu tashabbus haqida ma'lumot ilgariroq Daily Mail nashri orqali tarqaldi. Manbaga ko'ra, jurnalist tomonidan berilgan savolga javoban Donald Tramp bunday o'zgarish ehtimolini inkor etmadi.

"Menimcha, biz bunga erisha olamiz", — deya prezident so'zlarini keltiradi nashr.

Mazkur bayonot AQShda yakunlangan Klublar o'rtasidagi jahon chempionati ortidan yangradi. 13 iyul, yakshanba kuni bo'lib o'tgan finalda "Chelsi" PSJ ustidan 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Donald Tramp ushbu uchrashuvni stadionda shaxsan kuzatib bordi va g'oliblarni taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting