locale OZ

AQSh Kobo-Verde darvozabonining onasiga viza olishda yordam bermoqchi

Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinyaning onasi viza bilan bogʻliq muammolar tufayli oʻgʻlining Ispaniya terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvida ishtirok eta olmadi. Bu haqda AQSH Vakillar
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
AQSh Kobo-Verde darvozabonining onasiga viza olishda yordam bermoqchi
FOTO: Getty Images

Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinyaning onasi viza bilan bogʻliq muammolar tufayli oʻgʻlining Ispaniya terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvida ishtirok eta olmadi. Bu haqda AQSH Vakillar palatasi aʼzosi Xakim Jyeffris maʼlum qildi.

Jyeffrisning taʼkidlashicha, Vozinya maydonda tarixiy oʻyin namoyish etgan, biroq uning onasi AQSH vizasini ololmagani sababli ushbu bahsni oʻtkazib yuborishga majbur boʻlgan.

«Hech bir ona oʻz farzandining tarix yaratayotganini koʻrish imkoniyatidan mahrum etilmasligi kerak», — deb yozadi kongressmen.

Jyeffris AQSH davlat kotibi Marko Rubioga murojaat qilib, darvozabonning onasi Kabo-Verde terma jamoasining kelayotgan yakshanba, 22-iyun kuni Urugvayga qarshi boʻlib oʻtadigan navbatdagi oʻyiniga yetib kelishi uchun barcha choralarni koʻrishni soʻradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting