locale OZ

AQSh JCh-2026'da blogerlarni deportatsiya qilishi mumkin

Jahon chempionati davomida migratsiya nazorati odatdagidan ham kuchaytirilishi mumkin.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
AQSh JCh-2026'da blogerlarni deportatsiya qilishi mumkin
FOTO: Getty Images

2026-yilgi Jahon chempionati vaqtida AQShga B-2 (turist) vizasi bilan kiradigan xorijlik bloger va kontent yaratuvchilar uchun muhim ogohlantirish berildi.

AQSh Bojxona va Chegara himoyasi xizmati ma’lum qilishicha, turist vizasi bilan mamlakatga kelib kontent yaratish, uni ijtimoiy tarmoqlarga joylash va ushbu faoliyatdan daromad olish viza shartlarini buzish sifatida baholanishi mumkin. Bunday holatlarda jarima qo‘llanishi yoki shaxsning mamlakatdan deportatsiya qilinishi ehtimoli mavjud.

Rasmiylarning ta’kidlashicha, agar tashrifning asosiy maqsadi inflyuenser sifatida faoliyat yuritish va AQSh hududida turib daromad topish bo‘lsa, buning uchun tegishli ishchi yoki media vizasi talab etiladi. B-2 vizasi esa faqat sayohat, dam olish, sport va madaniy tadbirlarda tomoshabin sifatida qatnashish kabi maqsadlar uchun beriladi.

Jahon chempionati davomida AQShga minglab blogerlar tashrif buyurishi kutilmoqda. Shu sababli migratsiya nazorati odatdagidan ham kuchaytirilishi mumkin.

Hozircha ushbu qoidalarni qo‘llash tartibi va nazorat mexanizmlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berilmagan. Biroq AQSh rasmiylari turist vizasi bilan tijorat maqsadidagi kontent faoliyatiga jiddiy yondashishini ochiq bildirgan.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting