APLning uchta top-klubi «Vulverxempton» yarimhimoyachisiga qiziqish bildirmoqda
«Liverpul», «Manchester Yunayted» va «Arsenal» klublari «Vulverxempton»ning hujumkor yarimhimoyachisi Mateus Manega qiziqish bildirmoqda. Hozirgi vaqtda 18 yoshli iqtidor egasini qo‘lga kiritish borasida mersisaydliklar asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, «qizillar» kelayotgan yozgi transfer oynasida ushbu ingliz futbolchisi bo‘yicha rasmiy taklif tayyorlashni rejalashtirmoqda. O‘z navbatida, «bo‘rilar» Maneni 50 million funt sterling (taxminan 57,5 million yevro) evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Joriy mavsumda Mane barcha turnirlarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.