locale OZ

APLning uchta klubi «Liverpul» xavbeki Kyurtis Jonsga qiziqish bildirmoqda — TEAMtalk

Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv 18 oyda yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APLning uchta klubi «Liverpul» xavbeki Kyurtis Jonsga qiziqish bildirmoqda — TEAMtalk
FOTO: Getty Images

«Liverpul» yarimhimoyachisi Kyurtis Jons Premyer-liganing uchta grandi: «Nyukasl», «Tottenhem» va «Aston Villa» e’tibor markaziga tushdi. 25 yoshli futbolchining mersisaydliklar safidagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda, chunki uning amaldagi shartnomasi tugashiga 18 oy vaqt qolgan bo‘lsa-da, uzaytirish bo‘yicha muzokaralar hali boshlanmagan.

TEAMtalk nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, «Nyukasl» Jonsni «Arsenal»ga o‘tishi kutilayotgan Sandro Tonaliga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Aynan «qarg‘alar» ushbu transferda eng faol ishtirok etishmoqda — bosh murabbiy Eddi Xau Jonsni o‘z jamoasi uchun ideal kuchaytiruvchi variant deb hisoblaydi. Shuningdek, «Tottenhem» yanvarda unga qiziqish bildirgan bo‘lsa, «Aston Villa» ustozi Unai Emeri chempionlik poygalarida tajribaga ega bo‘lgan ingliz futbolchisini o‘z safida ko‘rishni istamoqda.

«Liverpul» ustozi Arne Slot yaqinda bergan intervyusida Jonsni yo‘qotishni istamasligini ta’kidladi:

«Tig‘iz taqvim va cheklangan tarkib sharoitida bunday futbolchini sotish g‘alati qadam bo‘lgan bo‘lardi. Biroq shartnoma bo‘yicha muzokaralar klubning boshqa bo‘limlari tomonidan olib borilmoqda va hozircha yangi kelishuv borasida yangilik yo‘q», — deydi murabbiy.

Joriy mavsumda Jons barcha musobaqalarda 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta samarali uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 40 million yevroga baholagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting