locale OZ

APLning uchta grandi Lyuis Xollga qiziqish bildirmoqda

«Nyukasl» esa 21 yoshli himoyachini sotish niyatida emas.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APLning uchta grandi Lyuis Xollga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

«Liverpul», «Arsenal», «Manchester Siti», «RB Leypsig» va Dortmundning «Borussiya» klublari skautlari «Nyukasl» himoyachisi Lyuis Xollning o‘yinlarini kuzatib bormoqda. Shunga qaramay, mazkur klublarning hech biri 21 yoshli futbolchi uchun rasmiy taklif bilan chiqmagan. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «Nyukasl» rahbariyati Xollni sotish niyatida emas. Agar klub shunday qarorga kelsa, transfer summasi 65-70 million funt sterling (75-80 million yevro) etib belgilanishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, «Nyukasl» o‘z transfer byudjetini Lyuis Xollni sotish orqali emas, balki boshqa futbolchilarni transferga qo‘yish orqali muvozanatlashtirishni maqsad qilgan.

Joriy mavsumda 21 yoshli himoyachi barcha turnirlarda 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting