locale OZ

APLning uchta grand klubi Ndiaye uchun kurashga qoʻshildi

Senegallik hujumchi hozirda «Everton» sharafini himoya qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APLning uchta grand klubi Ndiaye uchun kurashga qoʻshildi
FOTO: Getty Images

«Everton» hujumchisi Iliman Ndiaye bir vaqtning o‘zida «Manchester Siti», «Liverpul» va «Tottenhem» skautlarining e’tiboriga tushdi. Footmercato nashrining xabariga ko‘ra, ushbu klublar 25 yoshli futbolchi bo‘yicha ma’lumot to‘plashni boshlab yuborgan.

Manbaga ko‘ra, Ndiaye mazkur jamoalarning transfer ro‘yxatlarida yuqori o‘rinlardan birini egallaydi. Senegal milliy jamoasi hujumchisi 2024 yilning yozidan beri «Everton» safida to‘p surmoqda. Joriy mavsumda u barcha turnirlar doirasida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va bir marta golli uzatma berdi.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalining ma’lumotlariga ko‘ra, Ndiayening bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting