locale OZ

APLning uch klubi “Milan” futbolchisi Fofana uchun kurashmoqda

“Milan” Fofananing transferi uchun 13 million yevro atrofida mablag‘ talab qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APLning uch klubi “Milan” futbolchisi Fofana uchun kurashmoqda
Foto: Getty Images

“Milan” yarim himoyachisi Yussuf Fofana faoliyatini Angliya Premyer Ligasida davom ettirishi mumkin. Fransiyalik futbolchiga “Nottingem Forest”, “Kristal Pelas” va “Aston Villa” qiziqish bildirmoqda. Ayni paytda uchala klub ham transfer bo‘yicha “Milan” bilan muzokara olib bormoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Italiya klubi 27 yoshli yarim himoyachini shu yozda sotishga tayyor. “Milan” Fofananing transferi uchun 13 million yevro atrofida mablag‘ talab qilmoqda.

Fofana 2024-yilda “Monako”dan “Milan”ga ko‘chib o‘tgan. Fransiyalik futbolchining milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Hozircha futbolchining keyingi klubi borasida yakuniy kelishuvga erishilgani haqida ma’lumot yo‘q.

Ma’lumot uchun, Fofana o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etdi. Endilikda uning faoliyatini APLda davom ettirish ehtimoli mavjud.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting