locale OZ

APLning uch grandi Rafinyaga qiziqish bildirmoqda

Braziliyalik futbolchi RAC1’ga bergan intervyusida shartnomasini uzaytirishni va imkon bo‘lsa, faoliyatini “Barselona”da yakunlashni istashini aytdi.
APLning uch grandi Rafinyaga qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

“Barselona” hujumchisi Rafinya faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Braziliyalik futbolchiga “Arsenal”, “Liverpul” va “Manchester Yunayted” qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi ham vaziyatni kuzatib bormoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Rafinya “Barselona” bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda va maoshini sezilarli darajada oshirishni istamoqda. Agar tomonlar moliyaviy shartlar bo‘yicha kelisha olmasa, futbolchiga qiziqayotgan klublar yuqoriroq maosh taklif qilishga tayyor.

Shu bilan birga, Rafinyaning o‘zi Kataloniya klubini tark etish niyatida emasligini bildirdi. Braziliyalik futbolchi RAC1’ga bergan intervyusida shartnomasini uzaytirishni va imkon bo‘lsa, faoliyatini “Barselona”da yakunlashni istashini aytdi. Shu sabab hozircha APL klublarining qiziqishi transfer bo‘yicha aniq muzokaraga aylangani tasdiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Rafinyaning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 7 ta uchrashuvda 11 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting