APLning to‘rtta top-klubi Pedro Netoni transfer qilmoqchi bo‘lgan
“Chelsi” vingeri Pedro Neto yozgi transfer oynasida Angliyaning bir nechta yetakchi klublari qiziqishiga sabab bo‘lgan. TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, portugaliyalik futbolchini “Manchester Siti”, “Liverpul”, “Manchester Yunayted” va “Tottenhem” o‘z safiga qo‘shib olishni istagan.
Shunga qaramay, Neto London klubini tark etishga intilmagan. 26 yoshli futbolchi “Chelsi”ga sodiq qolishni va yangi bosh murabbiy Xabi Alonsoga jamoaning muhim futbolchilaridan biri bo‘la olishini isbotlashni istagan. Unga bo‘lgan qiziqishdan xabardor bo‘lsa-da, transfer talab qilmagan.
Portugaliyalik vinger yangi mavsumda barcha turnirlar doirasida 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga ulgurgan.
Ma’lumot uchun, Netoning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2031-yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt uning bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.