APLning to‘rt top-klubi “Atletiko” himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
Madridning “Atletiko” klubi himoyachisi Mark Pubill faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. 23 yoshli futbolchiga “Liverpul”, “Manchester Yunayted”, “Arsenal” va “Chelsi” klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, “Atletiko” futbolchisini sotish masalasini faqat katta taklif tushgan taqdirdagina ko‘rib chiqishi mumkin. Madridliklar Pubill transferidan 55–60 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Hozircha klublar o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlangani haqida ma’lumot yo‘q.
“Arsenal” avvalroq ham ispaniyalik himoyachining transferi bo‘yicha qiziqish bildirgan edi. Biroq “Atletiko” o‘sha paytda futbolchini sotish niyatida emasligini bildirgan. Pubill markaziy himoyada ham, o‘ng qanotda ham harakat qila olishi bilan ajralib turadi.
Ma’lumot uchun, Mark Pubill joriy La Liga mavsumida uchta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi. Uning “Atletiko” bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan.