APLning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Holand o'tgan oyda uchtа o'yinda beshta gol urdi
ФОТО: Getty images
“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand APLning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Norvegiyalik 25 yoshli futbolchi o'tgan oyda uchtа o'yinda beshta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Holand ushbu nominatsiyada Daichi Kamada, Yankuba Minte, Robin Rufs, Granit Jaka va Martin Subimendini ortda qoldirdi.
Joriy mavsumda 7 ta o'yinda 9 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, “Kristal Pelas” ustozi Oliver Glasner oy murabbiyiga aylangandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist