APLning ikki klubi Trinkauga jiddiy qiziqish bildirmoqda
"Manchester Siti" va "Tottenhem" Lissabonning "Sporting" klubi hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Fransishku Trinkauga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Record nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Trinkau avvalroq Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubiga o'tishga yaqin kelgan. Biroq futbolchi hozircha bu transferni rasmiylashtirishga shoshilmayapti.
Qayd etilishicha, portugaliyalik vinger Angliya Premer-ligasining ikki grandi — "Manchester Siti" va "Tottenhem"dan tushgan takliflarni ham ko'rib chiqishga qaror qilgan. Shu sababli u Portugaliya terma jamoasi jahon chempionatini tark etganidan so'ng barcha variantlarni sinchiklab o'rganishni ma'qul ko'rgan.
Fransishku Trinkau Portugaliya futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida "Braga", "Barselona" va "Vulverxempton" klublari safida ham to'p surgan.
2025/2026 yilgi mavsumda Trinkau barcha musobaqalarda 54 ta uchrashuvda ishtirok etib, 13 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.