APLning ikki klubi Ponomarenkoga qiziqish bildirmoqda
Angliyaning "Bornmut" va "Brentford" klublari Kiyevning "Dinamo" jamoasi hujumchisi Matvey Ponomarenkoga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida professional videoskaut Emir xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, ingliz klublari skautlari yosh forvardning rivojlanishini diqqat bilan kuzatib bormoqda va yaqin vaqt ichida ehtimoliy transfer bo‘yicha aniq muzokaralarga o‘tishi mumkin.
Qayd etilishicha, futbolchining taxminiy transfer qiymati 20 million yevro atrofida baholanmoqda.
Joriy mavsumda Ponomarenko yuqori natijadorlik namoyish etmoqda: u Ukraina chempionatida 14 ta o‘yinda ishtirok etib, 12 ta gol urgan. Shuningdek, "Dinamo"ning yoshlar jamoasida 6 ta o‘yinda 8 ta gol muallifi bo‘lgan. Futbolchi kattalar milliy terma jamoasida ham to‘p surmoqda va Jahon chempionati saralash bahslarida gol urishga ulgurgan.