locale OZ

APLning ikki klubi Nmecha uchun kurashishi mumkin

Uning «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
APLning ikki klubi Nmecha uchun kurashishi mumkin
ФОТО: Getty images

Dortmundning «Borussiya» klubiga tegishli yarim himoyachi Feliks Nmecha Angliya Premyer-ligasining bir qator top-klublari qiziqishini uyg‘otmoqda.

Jurnalist Ekrem Konurning ma’lumotiga ko‘ra, 25 yoshli futbolchiga «Liverpul» va «Manchester Siti» da’vogarlik qilmoqda.

Nmechaning transferi qishki oynada amalga oshishi mumkin. Buning uchun xaridor klub 80–90 million yevro miqdorida taklif bilan chiqishi kerak bo‘ladi.

Germaniya chempionatining joriy mavsumida yarim himoyachi uchta uchrashuvda ishtirok etib, ikki marta gol urdi. Uning «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting