APLning ikki klubi Marmush uchun da'vogar
Futbolchining shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
ФОТО: Getty images
"Manchester Siti" hujumchisi Omar Marmush Angliyaning boshqa bir klubi — Birmingemning "Aston Villa" jamoasi qiziqish doirasida turibdi. Bu haqda Teamtalk jurnalisti Din Jons xabar berdi.
Shuningdek, “Tottenhem” klubi ham misrlik 26 yoshli futbolchiga da'vogarlik qilmoqda.
"Manchester Siti" esa mavsum o'rtasida Omar bilan xayrlashishni istamayapti.
Marmush o'tgan yilning yanvarida "shaharliklar" safiga qo'shilgan edi. Futbolchining shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo'ljallangan. Transfermarkt ekspertlari Marmushning bozor narxini 65 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist