locale OZ

APLning ikki klubi “Komo” vingeri Assane Diaoga qiziqish bildirmoqda

20 yoshli senegallik futbolchi yozgi transfer oynasida ingliz klublarining e’tiboriga tushgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APLning ikki klubi “Komo” vingeri Assane Diaoga qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining ikki klubi Italiyaning “Komo” jamoasi vingeri Assane Diaoga qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli senegallik futbolchi yozgi transfer oynasida ingliz klublarining e’tiboriga tushgan. Manbada hozircha ushbu klublarning nomlari oshkor qilinmagan.

“Komo” esa o‘z futbolchisini sotishga shoshilmayapti. Italiya klubi Diao bo‘yicha faqat 60 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin. Transfermarkt portalida futbolchining bozor qiymati 30 million yevroga baholanmoqda.

Assane Diao “Komo” safiga 2025-yilning yanvarida “Real Betis”dan ko‘chib o‘tgan. Italiyaliklar uning transferi uchun 12 million yevro to‘lagan. Shundan buyon senegallik futbolchi jamoaning hujum chizig‘idagi muhim o‘yinchilardan biriga aylandi.

Ma’lumot uchun, Diao “Komo” safida hozirgacha barcha musobaqalarda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting