locale OZ

APLning ikki klubi Gallagher uchun kurashga qo‘shildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APLning ikki klubi Gallagher uchun kurashga qo‘shildi
Фото: Getty Images

"Atletiko" yarim himoyachisi Conor Gallagher faoliyatini "Tottenhem"da davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Fichajes nashri.

Manbaga ko‘ra, ingliz futbolchisi APLning yana bir klubining e’tiboriga tushgan. "Kristal Pelas" Madrid klubi futbolchisi uchun "shporlar" bilan transfer poygasiga qo‘shilmoqchi.

"Burgutlar" bosh murabbiyi Oliver Glasner Gallagher’ni o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda.

O‘tgan mavsumda Conor Gallagher "Atletiko" safida barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golga hammualliflik qildi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, 25 yoshli futbolchining narxi – 40 mln yevro.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting