APLning ikki klubi Bremerga qiziqish bildirmoqda
Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Bremer Angliya Premer-ligasining ikki grandi diqqat markaziga tushdi. Unga “Manchester Yunayted” va “Liverpul” qiziqish bildirmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 29 yoshli braziliyalik himoyachi agar jamoasi mavsum yakunida Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmasa, o‘z kelajagini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Uning “Yuventus” bilan amal qilayotgan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lsa-da, yozgi transfer oynasida ketish ehtimoli yuqori baholanmoqda.
Avvalroq turinliklar futbolchini taxminan 70 million yevroga baholagan edi. Ammo hozirda klub xaridorlar uchun yanada qulay shartlarda tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekani ta’kidlanmoqda.