locale OZ

APLning 3 klubi Garnacho uchun kurashmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APLning 3 klubi Garnacho uchun kurashmoqda
Photo: Getty Images

"Aston Villa" "Manchester United" vingeri Alejandro Garnachoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan jamoalar qatoriga qo‘shildi, deb xabar beradi Daily Mail nashri.

Manbaga ko‘ra, 21 yoshli futbolchini Birmingem klubidan tashqari, "Chelsea" va "Tottenham" ham kuzatib bormoqda. Garnachoga Madridning “Atletico” klubidan ham qiziqish bildirildi, biroq hujumchining o‘zi Angliya chempionatida qolishni istamoqda.

Avvalroq mankunianliklar Garnachoni 70 million funt sterlingga (81 million yevro) baholagan edi, ammo futbolchining "Manchester United" bilan ziddiyatini inobatga olsak, klublar hozirda bunday summani taklif qilishga tayyor bo‘lishi dargumon.

O‘tgan mavsumda vinger barcha turnirlarda 58 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 45 million yevroni tashkil qiladi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting