APLning 3 klubi Delap uchun kurashmoqda
“Chelsi” futbolchisini 50 mln funtga — taxminan 58 mln yevroga baholamoqda.
ФОТО: Getty images
“Chelsi” hujumchisi Liam Delap yozgi transfer oynasi yakunigacha jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
23 yoshli ingliz futbolchisiga Premer-liganing “Lids” va “Nottingem Forest” jamoalari jiddiy qiziqmoqda. Shuningdek, “Everton” ham hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan.
“Chelsi” futbolchisini 50 mln funtga — taxminan 58 mln yevroga baholamoqda. Davyogar klublar esa kelishuvni 40 mln funt, ya’ni qariyb 47 mln yevro atrofida amalga oshirish mumkin deb hisoblamoqda.
Delap “Chelsi”ga 2025 yil yozida “Ipsvich”dan 30 mln funt evaziga kelib qo‘shilgan edi. Bungacha u “Ipsvich” safida APLda 37 ta uchrashuvda 12 ta gol urib, jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist