APLni tark etgan uch jamoa ma’lum bo‘ldi
Ular Chempionshipda ishtirok etadi.
ФОТО: Getty images
Angliya Premyer-ligasida mavsum yakuniga yetdi.
Unga ko‘ra, “Vest Hem”, “Börnli” va “Vulverhempton” jamoalari ligani tark etdi.
“Bolg‘achilar” 38 ochko bilan 18-o‘rinni egalladi (10 g‘alaba, 9 durang, 19 mag‘lubiyat).
“Börnli” 22 ochko bilan 19-o‘rinda joylashdi (4 g‘alaba, 10 durang, 24 mag‘lubiyat).
“Vulverhempton” esa 20 ochko bilan so‘nggi — 20-o‘rinni egalladi (3 g‘alaba, 11 durang, 24 mag‘lubiyat).
Keyingi mavsumda ushbu jamoalar o‘rnini “Koventri”, “Ipsvich” va “Hall Siti” egallaydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist