APLni tark etgan ilk jamoa ma'lum bo‘ldi
APL yakuniga 5 ta tur qolganda birinchi omadli jamoa aniqlandi.
ФОТО: Getty images
Angliya chempionatining 33-tur yakunlariga ko‘ra, "Vulverxempton" APLda jon saqlab qolish imkoniyatini butunlay yo‘qotdi. "Kristal Pelas" va "Vest Hem" o‘rtasidagi uchrashuvda qayd etilgan durang (0:0) "bo‘rilar" uchun yakuniy hukm bo‘ldi.
Mavsum tugashiga besh tur qolganda "Vulverxempton" hisobida 17 ochko bor. Jamoani xavfsiz bo‘lgan 17-o‘rindan 16 ochko ajratib turibdi.
"Vulverxempton" so‘nggi sakkiz yil davomida APLda muntazam ishtirok etib kelayotgan edi. Katta ehtimol bilan, "Byornli" va London klublaridan biri — "Vest Hem" yoki "Tottenhem" ham ularga sherik bo‘ladi.
"Koventri Siti" esa Chempionshipdan APLga yo‘l olgan birinchi jamoaga aylangandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist