locale OZ

APLni tark etgan ikkinchi jamoa nomi ma'lum

Skott Parker jamoasi 19-o‘rinda joylashgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APLni tark etgan ikkinchi jamoa nomi ma'lum
ФОТО: Getty images

“Byornli” klubi Angliya Premer-ligasini tark etdi. Jamoa APLning 34-turida o‘z maydonida “Manchester Siti”ga (0:1) qarshi bahsda mag‘lub bo‘ldi.

Natijada, jamoa ligada qolish imkoniyatidan butunlay mahrum bo‘ldi. Uchrashuv taqdirini 5-daqiqada Erling Holand tomonidan kiritilgan gol hal qildi.

Ma’lumot uchun, Skott Parker jamoasi 19-o‘rinda joylashgan va mavsum yakuniga to‘rt tur qolganida, 17-o‘rinda borayotgan “Vest Hem”dan 13 ochkoga ortda qolmoqda.

Ayni damda 18-o‘rinni “Tottenhem” egallab turibdi. Ularning quyi ligaga tushib ketishi APL tarixidagi eng shov-shuvli sensatsiyalardan biri bo‘lishi mumkin.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting