locale OZ

APLda rekord: “Chelsi” — Premyer-liga tarixidagi eng yosh jamoa

Futbol
Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Rasm: gettyimages.com

Londonning “Chelsi” jamoasi Angliya Premyer-ligasi mavsumini to‘rtinchi o‘rinda yakunlab, Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, jamoa tarkibi yoshi bo‘yicha tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda Opta Sports xabar berdi.

“Ko‘klar”ning start tarkibining o‘rtacha yoshi 24 yosh va 36 kunni tashkil etdi. Bu Premyer-liga tarixidagi eng yosh tarkib hisoblanadi. Ilgari hech bir APL jamoasi bu qadar yosh tarkib bilan maydonga chiqmagan.

Shuningdek, “Chelsi” Chempionlar Ligasiga yo‘l olgan eng yosh ingliz jamoasi sifatida tarixga kirdi. To‘rtinchi o‘rin jamoaga Yevropaning asosiy klub turnirida qatnashish huquqini berdi.

Premyer-liga yakuniy turida “Chelsi” “Nottingem Forest” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 29 may kuni tungi soatlarda jamoa Yevropa Konferensiyalar Ligasi finalida Ispaniyaning “Betis” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting