locale OZ

APLda Ramazon oyida musulmon futbolchilar uchun maxsus tanaffus joriy etiladi

Agar oʻyin davom etayotgan paytda iftorlik vaqti kirsa, hakam bahsni qisqa muddatga toʻxtatadi va futbolchilarga tamaddi qilib olishlari uchun sharoit yaratib beradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APLda Ramazon oyida musulmon futbolchilar uchun maxsus tanaffus joriy etiladi
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasida Ramazon oyi davomida toʻp suradigan musulmon futbolchilar uchun oʻyin vaqtida maxsus tanaffus joriy etiladi.

Unga koʻra, agar bellashuv davom etayotgan vaqtda iftorlik vaqti kirsa, hakam bahsni qisqa muddatga toʻxtatadi. Futbolchilar maydon chetida suv ichib yoki yengil tamaddi bilan quvvatlarini tiklab olishlari uchun sharoit yaratib beriladi.

Qayd etilishicha, liga rahbariyati va hakamlar korporatsiyasi (PGMOL) bu orqali sportchilarning eʼtiqodiga hurmat koʻrsatish va ularning sogʻligʻi haqida oʻylamoqda. 90 daqiqada davomida yuqori tezlikda harakat qiladigan futbolchi uchun vaqtida ozuqa yeyish jarohatlarning oldini olishga yordam beradi.

Maʼlumot uchun, ushbu tartib Angliyada soʻnggi yillarda muntazam amalda boʻlib kelmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting