APLda oyning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Klub turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda.
ФОТО: Getty images
Angliya Premer-ligasida sentabr oyi yakunlariga ko‘ra eng yaxshi murabbiy aniqlandi.
Liga saytida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mukofotni "Kristal Pelas" bosh murabbiyi Oliver Glasner qo‘lga kiritdi.
Avstriyalik mutaxassis sovrin uchun kurashda Glasner Xosep Gvardiola, Mikel Arteta va Roje le Bri kabi mutaxassislarni ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, “Burgutlar” sentabr oyida bo‘lib o‘tgan Premer-liganing uchta o‘yinida "Kristal Pelas" yetti ochko to‘pladi. "Sanderlend" bilan durang o‘ynadi (0:0), keyin "Vest Xem" (2:1) va "Liverpul"ni (2:1) mag‘lub etdi.
Hozirda klub Angliya chempionati turnir jadvalida 12 ochko to‘plagan holda oltinchi o‘rinda bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist