APLda oʻtgan mavsumning eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy jamoa e'lon qilindi
Nufuzli Opta Analyst statistik portali o‘zining rasmiy saytida Angliya Premyer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi yakunlariga ko‘ra eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy terma jamoasini e’lon qildi. Qayd etilgan yakuniy ko‘rsatkichlar va tahlillarga ko‘ra tuzilgan ushbu tarkibdan mavsum davomida eng barqaror o‘yin namoyish etgan yulduzlar joy olishdi. Unda joriy mavsumda uzoq kutilgan chempionlikni qo‘lga kiritgan Londonning «Arsenal» klubi a’zolari ko‘pchilikni tashkil qildi.
Opta talqiniga ko‘ra APLning joriy mavsumdagi ramziy terma jamoasi tarkibi quyidagicha ko‘rinish oldi: darvozabon — David Raya («Arsenal»); himoyachilar — Adrien Tryuffe («Bornmut»), Gabriel Magalyans («Arsenal»), Uilyam Saliba («Arsenal»), Mateus Nunes («Manchester Siti»); yarim himoyachilar — Deklan Rays («Arsenal»), Elliot Anderson («Nottingem Forest»), Dominik Soboslai («Liverpul»), Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»); hujumchilar — Rayan Sherki («Manchester Siti») va Erling Holand («Manchester Siti»).
Eslatib o‘tamiz, yakuniga yetgan mavsumda Londonning «Arsenal» jamoasi murosasiz kechgan chempionlik poygasida g‘olib chiqib, Angliya chempioniga aylandi. «Kanonirlar» o‘tkazilgan 38 ta uchrashuvda jami 85 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida mutloq peshqadamlikni rasmiylashtirishdi. Jamoaning ushbu muvaffaqiyatida ramziy terma jamoadan joy olgan yetakchi futbolchilarning xizmati beqiyos bo‘ldi.