locale OZ

APLda eng koʻp xatoga yoʻl qoʻyadigan futbolchilar eʼlon qilindi

ESPN nashri oʻziga xos statistikani taqdim etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APLda eng koʻp xatoga yoʻl qoʻyadigan futbolchilar eʼlon qilindi
FOTO: Getty Images

ESPN nashri Angliya Premyer-ligasining himoyada pozitsion xatoga eng ko‘p yo‘l qo‘yadigan futbolchilari ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, «Chelsi» qanot himoyachilari Ris Jeyms va Malo Gusto ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ligadagi eng yomon natijani qayd etishdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, faqatgina ushbu ikki futbolchi har 30 daqiqalik o‘yin vaqtida uchtadan ko‘p pozitsion xatoga yo‘l qo‘ymoqda. Jeyms har yarim soatda o‘rtacha 3,89, Gusto esa 3,12 marta o‘z pozitsiyasini yo‘qotib qo‘ygan. Markaziy himoyachilar orasida esa eng yomon ko‘rsatkich «Liverpul» a’zosi Ibraima Konatega tegishli bo‘lib chiqdi.

Joriy mavsumda Ris Jeyms barcha turnirlarda 30 ta, Malo Gusto esa 33 ta uchrashuvda maydonga tushdi. «Chelsi» APLning 26 turida o‘z darvozasidan 30 ta gol o‘tkazib yuborgan holda, 44 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting