locale OZ

APLda dastlabki iste'fo ro'y berishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APLda dastlabki iste'fo ro'y berishi mumkin
Фото: Getty Images

Angliya Premer-ligasida mavsumdagi ilk murabbiy iste'fosi kutilmoqda. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar tarqatmoqda.

Uning yozishicha, "Nottingem Forest" klubi Nunu Eshpiritu Santu bilan xayrlashishi mumkin. "O'rmonchilar" allaqachon boshqa nomzodlarni baholamoqda.

Bunga o'tgan mavsumda Nunu Eshpiritu Santu klub xo'jayini Evangelos Marinakis bilan ziddiyati sabab bo'lgan. Qolaversa, klubning transfer bozoridagi ishi yaxshi emasligi tufayli murabbiy va rahbariyat o'rtasida keskinlik kuchaydi. Portugaliyalik mutaxassis yaqinda tarkibdan noroziligini ochiq aytdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting