APLda avgust oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
ФОТО: Getty images
Angliya Premer-ligasining avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.
Premer-liga rasmiy sahifasi bergan ma'lumotlarga ko'ra, “Liverpul” hujumchisi Ugo Ekitike eng yaxshi deb topildi.
Fransiyalik 23 yoshli forvard o'tgan oyda 3 ta o'yinda 2 ta gol urdi va 1 ta assist berdi.
U ovoz yig'ishda Rikkardo Kalafiori, Jek Grilish, Mark Gexi, Erling Holand, Joao Pedro, Entoni Semenyo va Dominik Soboslainini ortda qoldirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist