APLda 2-tur boshlandi. “Siti” va “Aston Villa” mag‘lub bo‘ldi
Фото: Getty Images
Angliya Premyer-ligasida 2-tur uchrashuvlari boshlandi.
Tur doirasidagi ilk bellashuvda “Manchester Siti” o‘z maydonida “Tottenxem”ni qabul qilib, 2:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu o‘yinda Abduqodir Husonov zahirada qoldirildi.
“Arsenal” esa uyda “Lids”ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Viktor Dyoekeresh va Timber dublga erishdi. Biroq Saka va Edegor jarohat sabab maydonni tark etdi. Keyingi turda “to‘pchilar” “Liverpul”ga qarshi maydonga tushadi.
“Aston Villa” esa safarda “Brentford”ga minimal 1:0 hisobida yutqazdi.
2-tur natijalari:
Manchester Siti — Tottenxem 0:2
Bournemouth — Vulverxempton 1:0
Brentford — Aston Villa 1:0
Byornli — Sanderlend 2:0
Arsenal — Lids 5:0
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist